Jahon | 20:10 / 29.04.2022
13919
1 daqiqa o‘qiladi

Kobuldagi masjidda portlash oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi 

Portlash shahar g‘arbidagi Halifa Sohib masjidida namoz o‘qilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. 

Foto: Reuters

Afg‘oniston poytaxti Kobulda sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi turli darajada tan jarohati oldi, deb xabar berdi Reuters agentligi. 

Agentlikning ma’lumot berishicha, portlash shahar g‘arbidagi Halifa Sohib masjidida namoz o‘qilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. 

Avvalroq Aamaj News agentligi Dorul Omon ko‘chasida joylashgan masjidda portlash yuz bergani haqida xabar qilgandi. 

O‘tgan haftada Mozori Sharif shahridagi shialar masjidida amalga oshirilgan terakt natijasida 30 nafardan ortiq kishi halok bo‘lib, 90 nafarga yaqin kishi yaralangandi.  

Mavzuga oid