Jamiyat | 12:22 / 29.04.2022
11846
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda universitet talabasi to‘rtinchi qavatdan sakrab o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda

Hodisa yuzasidan ma’lumot bergan universitet matbuot xizmati suitsid natijasida talaba vafot etgani yoxud tirik qolganiga aniqlik kiritmagan.

Foto: abt.uz

Internetda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi to‘rtinchi qavatdan sakrab o‘z joniga qasd qilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Universitet matbuot xizmati mazkur holat sodir bo‘lganini tasdiqladi.

«O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 29 aprel kuni taxminan soat tonggi 08:10 lar atrofida talaba o‘z joniga qasd qilish holati kuzatilgan. Ushbu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi universitet axborot xizmati tomonidan e’lon qilingan munosabatda.

Biroq rasmiy xabarda hodisa natijasida talaba vafot etgani yoxud tirik qolganiga oydinlik kiritilmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda talaba vafot etgani aytilmoqda.

Avvalroq internetda Toshkentdagi Xalqaro biznes-markazning yuqori qavatidan noma’lum erkak o‘zini tashlab yuborgani aytilgan video tarqalgan, Kun.uz surishtiruvi davomida marhum markazning 15-qavatida joylashgan tashkilotlarning birida faoliyat yuritgani, binoning chekish joyi sifatida ajratilgan yon qismidan pastga tushib ketgani aniqlangandi.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 21 aprel kuni soat 11:50larda ro‘y bergan. Binoning 9-qavatidagi chekish uchun mo‘ljallangan ochiq qismidan 42 yoshli erkak o‘zini pastga tashlab, o‘z joniga qasd qilgan.

Mavzuga oid