Namanganda fermerlik balansidagi 1 gektar yerni 43 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
Namangan shahrida yerning noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi.
Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar berishicha, 2022 yil 25 aprel kuni IIVga fuqaro M.A. ariza bilan murojaat qilib, 2022 yilning aprel oyi boshlarida Namangan viloyatida yashovchi S. ismli shaxs uni O‘. va K. ismli shaxslar bilan tanishtirganini aytgan. Namangan shahar hokimligida ishlovchi O‘. ismli akasi orqali unga bo‘sh yer maydoni olib berishni va’da qilganini bildirgan.
Ushbu shaxslar unga Uychi tumani «Yakka tut nurli zamin» fermer xo‘jaligi balansidagi 1 gektar bo‘sh yer maydonini 43 000 AQSh dollariga hokimiyatdagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishga va’da berganini ma’lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan, 2022 yil 26 aprel kuni IIV JQBB va IJQKB xodimlari tomonidan Namangan viloyati IIB, viloyat prokuraturasi, DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahar Alisher Navoiy nomidagi kinoteatr binosi oldida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida U.S. uning akasi O‘.U. hamda K.E. arizachi M.A.dan talab qilingan pullar hisobidan 20 ming AQSh dollari va 33 million so‘m pullarni bo‘nak sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mavzuga oid
10:49 / 15.12.2024
Andijon va Navoiyda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
14:06 / 11.10.2024
Ruldagi bola qamalar, Gentra’ni ijaraga bergan-chi? Noqonuniy mashina ijarasi o‘smirlar o‘limiga sabab bo‘lmoqda
12:10 / 10.10.2024
200 ming so‘mlik ijara va uch o‘lim: Namangandagi maktab o‘quvchisi sodir etgan ayanchli avtohalokat tafsilotlari
17:55 / 28.09.2024