O‘zbekiston harbiy dronlari Afg‘oniston havo hududini buzib o‘tgani haqida xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi – Mudofaa vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekistonga tegishli uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg‘oniston havo makonini buzib o‘tgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
«Bu kabi tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. O‘zbekiston Respublikasi harbiy-havo kuchlari tomonidan qo‘shni davlatlar havo makonini buzish holatlari bo‘lmagan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari qo‘shni davlatlar aviatsiyasi tomonidan mamlakatimiz havo makonining buzilish holatlarini qayd etmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining uchuvchisiz boshqariladigan, qiruvchi va ishg‘ol aviatsiyasi qat’iy belgilangan tartibda jangovar navbatchilik o‘tamoqda», deyiladi vazirlik bayonotida.
Avvalroq «Sputnik Afganistan» nashri o‘zbekistonlik harbiylarning uchuvchisiz uchish qurilmasi Afg‘oniston havo kengligida qayd etilgani haqida xabar qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyining ikkinchi yarmida Afg‘oniston shimolidan turib O‘zbekistonning Termiz shahri atrofidagi hududlarga snaryadlar uchirilgani haqida xabarlar tarqalgan, O‘zbekiston tomoni bu mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan edi.
30 aprel kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida O‘zbekiston xalqi nomidan birodar afg‘on xalqiga umumiy og‘irligi 4 ming tonnadan ziyod insonparvarlik yordami topshirildi.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
17:43 / 03.12.2024
Afg‘onistonda TAPI gaz quvuri qurilishi boshlandi
17:22 / 17.11.2024