Jahon | 15:33 / 02.05.2022
15249
1 daqiqa o‘qiladi

Bill Geyts koronavirusning "eng yomon" shtammi paydo bo‘lish ehtimoli saqlanib qolayotganini aytdi

Geytsning so‘zlariga ko‘ra, global salomatlik uchun xatarlarni aniqlaydigan xalqaro guruh tuzish va davlatlarning bu sohadagi hamkorligini kuchaytirish zarur. 

Foto: Reuters

Microsoft asoschisi Bill Geyts dunyoda koronavirusning "eng yomon" shtammi paydo bo‘lish ehtimoli saqlanib qolayotganini aytdi

Geyts Financial Times nashri bilan suhbatda COVID-19'ning o‘ta yuqumli va halokatli shtammi bilan to‘qnash kelish xavfi borligini qayd etdi.

"Buning ehtimoli kam. Tushkun taxmin bildirmoqchi emasman, ammo pandemiya davrida hali uning eng qo‘rqinchli ko‘rinishiga duch kelmaganimiz ehtimoli besh foizdan yuqori", - dedi u.

Bill Geytsning so‘zlariga ko‘ra, global salomatlik uchun xatarlarni aniqlaydigan xalqaro guruh tuzish va davlatlarning bu sohadagi hamkorligini kuchaytirish zarur.

U mamlakatlar rahbarlarini sog‘liqni saqlash sohasidagi inqirozni "ko‘zdan qochirmaslikka" va kelajakda pandemiyalarning oldini olish uchun unga sarmoya kiritishni oshirishga chaqirdi.

Mavzuga oid