Jahon | 20:31 / 03.05.2022
14052
1 daqiqa o‘qiladi

Ma ismli shaxs hibsga olingani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng Alibaba aksiyalari narxi tushib ketdi 

Qo‘lga olingan shaxs kompaniya asoschisi Jyek Ma ekanligi to‘g‘risida mish-mishlar tarqalishi investorlarni cho‘chitib yubordi. 

Foto: Getty Images

Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) Hanchjou shahrida Ma ismli shaxs hokimiyatni ag‘darishga urinishda ayblanib hibsga olinganini xabar qilganidan so‘ng Alibaba kompaniyasi aksiyalari narxi 6,4 foizga pasaydi. 

Xabarda qo‘lga olingan shaxsning to‘liq ism-sharifi berilmagandi. Hanchjou shahrida Alibaba Group kompaniyasining bosh qarorgohi joylashgani sababli qo‘lga olingan shaxs kompaniya asoschisi Jyek Ma ekanligi to‘g‘risida mish-mishlar tarqaldi. 

Keyinroq CCTV xabarni tahrirladi va hibsga olingan shaxs 1985 yilda tug‘ilgan Ma Mumu ekanligini ma’lum qildi. Xabarda aytilishicha, u internetda «yakuniy maqsadi okeanortidagi kuchlar yordamida hokimiyatni ag‘darish» ekanligini yozgan. 

Mazkur xabardan so‘ng Alibaba aksiyalari narxi yana ko‘tarildi.

Mavzuga oid