Toshkent - Hojikent - Toshkent yo‘nalishidagi elektropoyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilindi
Toshkent - Hojikent - Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilindi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar bermoqda.
2022 yil 10 may kuni soat 08:30 dan 11 may kuni soat 06:30 ga qadar “Toshkent MTU” UK yo‘lsozlari tomonidan Toshkent - Hojikent yo‘nalishida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Poyezdlar harakat xavfsizligi hamda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, 2022 yil 10 may kuni Toshkent - Hojikent - Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 6429-, 6430-, 6435-, 6436-, 6437-, 6441- hamda 11 may kuni ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan 6442- va 6440-sonli shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar qatnovi bekor qilinadi.
11 may kuni soat 06:30 dan boshlab, ushbu shaharlararo harakatlanadigan elektropoyezdlar o‘z harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi.
Mavzuga oid
13:54 / 06.12.2024
Toshkentdan Xo‘jakentga yangi elektropoyezd yo‘lga qo‘yildi
22:20 / 02.12.2024
«Toshkent - Xojikent» yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yiladi
08:51 / 28.11.2024
Rossiyadan Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun elektropoyezd keltirildi
12:39 / 15.10.2024