Sport | 08:11 / 10.05.2022
27698
1 daqiqa o‘qiladi

Tursunoy Jabborova og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Gretsiyaning Iraklion shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Foto: minsport.uz

Qizlar o‘rtasida -87 kg vazn toifasida Tursunoy Jabborova dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish mashqida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Tursunoy Jabborova dast ko‘tarish mashqida ilk chiqishining o‘zida 101 kg, shundan so‘ng 105 va 109 kg toshni ko‘tarib, yaqqol peshqadamga aylandi.

Siltab ko‘tarish mashqida esa u 129 kg natijasi bilan raqiblaridan bir bosh ustunligini isbotladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, ikkikurash natijasiga ko‘ra, Tursunoy Jabborova 238 kg natija bilan jahon chempioni nomiga sazovor bo‘ldi va terma jamoa hisobiga uchta oltin medal qo‘shib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, kecha og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoa yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 5 ta oltin medal va bitta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid