Jahon | 14:53 / 16.05.2022
5978
1 daqiqa o‘qiladi

Iroqda qum bo‘ronlari sababli maktablarda mashg‘ulotlar bekor qilindi 

Bag‘dod va boshqa qator shaharlarda boshlangan qum bo‘ronlari mamlakatning millionlab aholisi hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 

Foto: Anadolu Agency

Iroq hududida kuchli qum bo‘ronlari yuz bergani sababli maktablarda mashg‘ulotlar bekor qilindi.

“Onado‘li” agentligining xabariga ko‘ra, mazkur qaror mamlakat ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan.

Bag‘dod va boshqa qator shaharlarda boshlangan qum bo‘ronlari mamlakatning millionlab aholisi hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Xabar qilinishicha, o‘nlab odamlar shifoxonaga yotqizilgan.

5 may kuni Iroqda yuz bergan qum bo‘ronlari oqibatida 5 mingdan ortiq odam shifokorlarga murojaat qilgan, bir kishi vafot etgandi.

Mavzuga oid