O‘zbekiston | 23:34 / 20.05.2022
8543
8 daqiqa o‘qiladi

Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha kengash tarkibi tasdiqlandi 

20 may kuni Qonunchilik palatasi majlislar zalida parlament palatalari Kengashining konstitutsiyaviy islohotlar muhokamasiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Xalqaro islom akademiyasi matbuot xizmati

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, majlisda Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha komissiya tarkibi tasdiqlangan. Unga ko‘ra, Konstitutsiyaviy komissiya tarkibi quyidagicha etib belgilangan: 

Akmal Saidov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, yu.f.d., professor, akademik, komissiya raisi;

Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov rahbarlik qiladi.

Murat Kamalov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari;

Qutbiddin Burxonov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasi raisi, komissiya raisi o‘rinbosari;

Aktam Xaitov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, fraksiya rahbari, O‘zLiDeP raisi, iqtisod fanlari nomzodi, komissiya raisi o‘rinbosari;

Alisher Qodirov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, fraksiya rahbari, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi, komissiya raisi o‘rinbosari;

Odiljon Tojiyev – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi, komissiya matbuot kotibi.

Mir-Akbar Rahmonqulov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, yu.f.d., professor;

Shuhrat Cho‘lliyev – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi o‘rinbosari;

Muxtabar Husanova – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi, yuridik fanlar nomzodi;

Rahim Hakimov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari, yuridik fanlar nomzodi, professor;

Mirafzal Miroqulov – O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Huquq yo‘nalishidagi ilmiy-texnik Kengash raisi o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor;

Nodir Muxtorov – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi;

Gulnoza Ismoilova – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, yuridik fanlari doktori;

Umid Obidxo‘jayev – Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori, iqtisod fanlari doktori.

 Komissiya tarkibiga kiritilgan Qonunchilik palatasi deputatlari:

Ulug‘bek Inoyatov – Spiker o‘rinbosari, fraksiya rahbari, XDP raisi, pedagogika fanlari doktori, professor

Zuhra Ibrohimova – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari;

Xayrillo G‘afforov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari, kimyo fanlari doktori

Jahongir Shirinov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi, yuridik fanlari nomzodi;

Sharofiddin Nazarov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi, iqtisod fanlari doktori;

Erkin Solixov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi;

Ilhom Abdullayev – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi, siyosatshunoslik fanlari doktori;

Bobur Bekmurodov – “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, deputat, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi;

Viktor Pak – deputat, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi;

Qodir Jo‘rayev – deputat, “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi, siyosatshunoslik fanlari doktori;

Shuhrat Polvonov – qo‘mita raisi o‘rinbosari, “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi;

Adham Shodmonov – deputat, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi;

 Yelena Kompolshik – deputat, “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi;

Davron Oripov – deputat, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi;

To‘lqinjon Karimov – deputat, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi, siyosatshunoslik fanlari doktori;

Inomjon Qudratov – Qo‘mita raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi;

Zafar Xudoyberdiyev – deputat, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi, iqtisod fanlari doktori.

Konstitutsiyaviy komissiya tarkibiga kiritilgan senat a’zolari

Malika Qodirxonova – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi, Toshkent viloyati;

Bahodir Tojiyev – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi, Xorazm viloyati;

Narimon Umarov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi, g-m.f.n;

Boriy Alixonov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi;

Qudratilla Rafiqov – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisi, senator;

Sodiqjon Turdiyev – O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, senator, O‘zbekiston Qahramoni, Andijon viloyati;

Rustam Xolmurodov – Samarqand davlat universiteti rektori, t.f.d., professor, senator;

Guliston Annaqilicheva – “Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasi bosh muharriri, senator, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

Nusratulla Pardayev – Jizzax viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi, senator;

Ikromxon Najmiddinov – Namangan viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, senator, Namangan viloyati;

Baxtigul Bo‘tayeva – Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, senator, Surxondaryo viloyati;

Hayotxon Ortiqboyeva – O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi mas’ul rahbari, senator, Sirdaryo viloyati;

Abdurahim Erkayev – Qarshi davlat universiteti milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi, senator, Qashqadaryo viloyati;

Dilbar Orziyeva – Karmana tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi “Yangi zamon bolalari” oilaviy mehribonlik uyi tarbiyachisi, senator, Navoiy viloyati;

Gulnora Ma’rufova – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlovchi senator;

Komissiya matbuot xizmati rahbari Odiljon Tojiyevga ko‘ra, komissiya tarkibida jami 46 nafar a’zo bo‘lib, shundan 10 nafari ayol kishi. Mos ravishda Qonunchilik palatasi deputatlaridan 22 nafar, Senatdan 19 nafar a’zo jalb qilingan.

Mavzuga oid