O‘zbekiston | 20:29 / 21.05.2022
24780
3 daqiqa o‘qiladi

Kuchli chang bo‘ronlari: Uchquduqda elektr uzilgan, Urganchda ayrim bino tomlari uchib tushgan

Chang bo‘ronlari Navoiy va Buxoro hududlaridan tashqari, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazmning ayrim tumanlarida ham kuzatilgan. Uchquduq tumanida elektr uzilgani, Urganch shahrida kuchli shamoldan ayrim bino tomlari uchib tushgani aytilmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, agentlikning Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi ayrim kuzatuv stansiyalarida 21 may kuni shamolning maksimal kuchi 25 metr/sekundga yetgan.

Zarafshon kuzatuv stansiyasi mahalliy vaqt bilan soat 14:05da kuchli chang bo‘roni kuzatilayotgani va ko‘rinuvchanlik 500 metrgacha pasayib ketgani haqida xabar bergan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, kuchli shamol va chang bo‘ronlari Navoiy viloyatining Navoiy shahar, Qiziltepa, Karmana va Navbahor tumanlarida, Buxoro viloyatining Buxoro shahri va G‘ijduvon, Peshko‘, Romitan tumanlarida, Samarqand viloyatininng Paxtachi tumanida hamda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani hududilarida ham kuzatilgan. Bu tabiat xodisasi oqibatida talofatlar bo‘yicha hududiy FVBlariga va hamkorlikdagi xizmatlarga murojaatlar kelib tushmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda turli hududlarda kuzatilgan chang bo‘ron hodisalarining tasvirlari tarqalmoqda.

Navoiy viloyatining g‘arbiy cho‘l hududlaridan chang-qum bo‘ronlari

Chang va qum bo‘ronlari dastlab Qizilqum cho‘l hududlarida kuzatilgan. G‘arbdan sharqqa – Navoiy viloyati va Buxoro shaharlariga tomon harakatlangan.

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida kuchli shamol

Buxoro shahrida kuchli shamol va chang bo‘ronlari

Navoiyning Uchquduq tumanida kuchli shamol va chang bo‘ronlari elektr uzilishiga olib kelgan.

Changli bo‘ronning Koson tumaniga kirib kelishi

Qashqadaryo viloyati Muborak va Koson tumanlarida ham chang bo‘roni kuzatilgan.

bHMkJcuoWhuS0c8VKkQtoICeMIG5n-1u.jpg (1280×814)
Muborak tumanidagi “Mash’al” futbol klubining uy stadioni
Urganch shahrida kuzatilgan kuchli shamol

Xorazm viloyati Urganch shahri va Navoiyning Uchquduq tumanida kuzatilgan kuchli shamol oqibatida ayrim bino inshootlarining tom yopilmasi uchib tushgan.

Gidrometrolog Erkin Abdulahatovning yozishicha, hozir atmosferada shunday vaziyatki, Navoiy va Buxoro viloyatlarida kuchli shamollar sharqqa tomon sekinlashish holatiga tushmoqda.

Zarafshon shahrida esgan kuchli shamol
Chang-qum bo‘ronlarining Samarqand viloyati g‘arbiy tumanlariga kirib kelishi

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, chang bo‘ronlari 22 may tongida Surxondaryo viloyati janubi, kunduz kuni Farg‘ona vodiy viloyatlarida kuchli shamollar bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid