O‘zbekiston | 13:53 / 25.05.2022
10843
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent aeroportida reysga navbatsiz o‘tish imkonini beruvchi pulli xizmat ishga tushirildi

“Toshkent” xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida “Fast Track” xizmati ishga tushirildi. Xizmat yo‘lovchilarga reysga ro‘yxatdan o‘tish, bojxona va pasport nazorati, shuningdek, parvoz oldidan tekshiruvlardan navbatsiz o‘tish imkonini beradi.

Foto: Uzbekistan Airports

“Fast Track” xizmatidan foydalanish uchun yo‘lovchi jo‘nash terminalidagi ma’lumot burchagiga murojaat qilishi kerak. To‘lov amalga oshirilganidan so‘ng aeroport xodimi yo‘lovchini maxsus koridor bo‘ylab steril zonagacha kuzatib boradi va u yerdan yo‘lovchi mustaqil ravishda bortga chiqadi.

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, “Fast Track” xizmatining narxi – 170 000 so‘m. Oila a’zolari bilan uchayotgan yo‘lovchilar uchun “Oilaviy” paketi bor.

Mavzuga oid