Xitoy O‘zbekistonga ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun 37,5 million dollar ajratdi
O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari o‘rtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
Joriy yil 24 may kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston hukumati va Xitoy hukumati o‘rtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, hujjat O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov va Xitoyning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yan tomonidan imzolandi.
Bitim Xitoy hukumati tomonidan O‘zbekistonda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun 250 mln yuan (37,5 mln dollar) miqdorida beg‘araz yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Qayd etilishicha, bugungi kungacha ikki mamlakat o‘rtasidagi texnik-iqtisodiy hamkorlik doirasida sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq va suv xo‘jaligi, madaniyat, transport va boshqa sohalarda loyihalar amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
14:53
Xitoy kompaniyasi Askiya bozorini 225,6 mlrd so‘mga sotib oldi
23:04 / 24.12.2024
Xitoy qutb suvlarida suzishga qodir dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi kemani sinovdan o‘tkazdi
21:52 / 24.12.2024
Xitoyda 2027 yil oxiriga borib 5G aloqa tarmog‘idan foydalanuvchilar ulushi 85 foizga yetkaziladi
17:07 / 24.12.2024