Jamiyat | 10:49 / 08.06.2022
33411
1 daqiqa o‘qiladi

Urganchda haydovchi pichoqlab o‘ldirildi. 8 kishiga ehtiyot chorasi qo‘llangan

Joriy yil 2 iyun kuni Urganchda «Cobalt» haydovchisi pichoqlab ketilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr

Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan ayb e’lon qilinib, «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Shuningdek, qolgan 7 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan ayb e’lon qilinib, 1 nafariga «qamoqqa olish» va 6 nafariga «munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat» ehtiyot choralari qo‘llangan.

Ayni vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Urganchda 8 nafar shaxs «Cobalt» haydovchisini pichoqlab ketgani va jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgani haqida videoyozuvlar tarqalgan edi.

Mavzuga oid