O‘zbekiston | 07:33 / 08.06.2022
13448
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways samolyot bortida quloqchinlar yo‘qligiga izoh berdi

“Uzbekistan Airways” AJ havo kemalarida quloqchinlarning yo‘qligi sabab yo‘lovchilardan ko‘plab murojaat va shikoyatlar kelib tushgan. Aviakompaniya rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Bildirilishicha, Uzbekistan Airways joriy yildagi aviaqatnovlar sonini 2021 yil shu davriga nisbatan 2 barobardan ziyod ko‘paytirgan, yo‘lovchilar soni esa 3 barobarga oshgan, bu xizmat va havo sahnida yo‘lovchilarga tarqatiluvchi buyumlar, jumladan bir martalik quloqchinlar soni oshishiga olib kelgan.

Bir martalik quloqchinlar sotib olish uchun qabul qilingan chora-tadbirlar COVID-19 tufayli hamda bir qator sabablarga ko‘ra kerakli natijalarni bermagani aytiladi. 

Bugungi kunda logistika bilan bog‘liq muammolar hal qilinib, 2022 yil 15 iyun sanasidan boshlab bir martalik quloqchinlar aviakompaniya barcha havo kemalariga tarqatilishi va yo‘lovchilar parvoz vaqtida yana musiqa eshitishi yoki kinofilm tomosha qilishi mumkin bo‘ladi.

Aviakompaniya keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Mavzuga oid