Jamiyat | 11:02 / 09.06.2022
18883
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona vodiysida aholiga ajratilgan unni sotib yuborgan shaxslar ushlandi

Pop tumani va Marg‘ilon shahrida aholiga ajratilgan un mahsulotini sotib yuborgan MChJ va xususiy korxona rahbarlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan viloyati Pop tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, “P.Z.” MChJ rahbari S.X. aholi iste’moli uchun ajratilgan 54,9 tonna 1-navli un mahsulotini boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborgani aniqlangan.

Xuddi shunday, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.U.” XK rahbari A.A. hamda “A.R.” va “T.M.” XKning norasmiy rahbari M.O. uzoq va chekka hududda istiqomat qilayotgan aholi uchun ajratilgan 10,1 tonna un mahsulotini Marg‘ilon shahri hududida boshqa shaxslarga bozor narxida sotib yuborgani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan A.A., M.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksi 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Departament xabarida aytilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid