O‘zbekiston | 16:30 / 11.06.2022
2600
2 daqiqa o‘qiladi

Nukusda elektr ta’minoti korxonasi xodimlaridan metallolom uchun pul yig‘ilayotgani ma’lum bo‘ldi

Nukus shahar elektr ta’minoti korxonasi muhandisi tomonidan qonunga xilof ravishda ishchi xodimlarning har biri 360 kilogrammdan qora metall va 15 kilogrammdan rangli metall olib kelishga yoki metallolom o‘rniga 250 ming so‘mdan pul yig‘ib berishga majburlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

Foto: KUN.UZ

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga joriy yilning 30 aprel kuni Nukus shahar elektr ta’minoti korxonasining bir nechta xodimlari tomonidan murojaat kelib tushgan. Unda Nukus shahar elektr ta’minoti korxonasi injyeneri tomonidan qonunga xilof ravishda ishchi xodimlarning har biri 360 kilogrammdan qora metall va 15 kilogrammdan rangli metall olib kelishga yoki metallolom o‘rniga 250 ming so‘mdan pul yig‘ib berishga majburlanayotgani ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, agentlik tomonidan 5 may kuni murojaatda keltirilgan holatlarni to‘liq va xolisona o‘rganish yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJga so‘rovnoma yuborilgan. Unga asosan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan joriy yil 6 mayda Nukus shahar elektr ta’minoti korxonasi injyeneriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Xizmat tekshiruvi natijasida murojaatda ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topgan. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan qonuniy baho berish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga yuborilgan.

Mavzuga oid