Qorasuvda Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikkita uyni bog‘lovchi tunnel topildi
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yana bir tunnel aniqlandi.
11 iyun kuni maxsus xizmatlar va chegarachilar O‘sh viloyatining Qorasuv shahridagi uylardan birida tunnel borligini aniqladi. Tunnelga kirish yo‘llari to‘sib qo‘yilgan, deb xabar bermoqda Akipress.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, uy egasi O‘zbekiston fuqarosi bilan tanish bo‘lgan. 2021 yil sentabrida erkaklar Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘laydigan tunnel qazigan. Ular tunnel orqali tovar va valutani olib o‘tgan.
Qo‘lga olingan shaxs o‘z aybiga iqror bo‘lib, tergov bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Tergov davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, avvalroq Qorasuvda Qirg‘izistonni O‘zbekiston bilan bog‘laydigan ikkinchi yerosti tunneli topilgan edi.
20 may kuni O‘sh viloyati Qorasuv tumani Telman qishlog‘ida ham Qirg‘izistonni O‘zbekiston bilan bog‘lovchi yerosti tunneli topilgan edi.
Mavzuga oid
18:02
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024