Dunyoda aktivlari kamida bir million dollar bo‘lgan odamlar soni ortdi
Koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan inqirozdan so‘ng aksiyalar narxining ko‘tarilishi va bozor kon’yunkturasining tiklanishi sayyoradagi badavlat odamlarning boyligi oshishiga olib keldi, deyiladi World Wealth Report hisobotida.
2021 yilda investitsiya aktivlari kamida bir million AQSh dollariga teng bo‘lganlar soni dunyoda 7,8 foizga oshib, 22,5 million kishiga yetdi. Shu bilan birga, dunyoning eng badavlat kishilarining umumiy boyligi o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga oshib, 86 trillion dollarga (82 trillion yevro) yetdi. Bunday ma’lumotlar Capgemini konsalting kompaniyasi tomonidan 14 iyun, seshanba kuni e’lon qilingan World Wealth Report hisobotida keltirilgan.
Dunyodagi eng ko‘p boy odamlarga ega uch davlatdan biri bo‘lgan Germaniyada bu vaqt ichida dollarli millionerlar soni ortdi. Capgemini ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Germaniyada ularning soni 1,63 millionni tashkil etadi. Bu avvalgi yilga nisbatan 100 mingga ko‘p.
Camgemini ma’lumotlariga ko‘ra, bunday rivojlanishga aksiyalar narxining o‘sishi, shuningdek, 2020 yilgi pandemiyadan keyin global bozorning tiklanishi ta’sir ko‘rsatdi. Kompaniya eksperti Klaus-Georg Mayyerning fikricha, 2022 yil uchun prognozlar ancha oddiy. Yuqori inflatsiyaga qarshi kurashda markaziy banklar tomonidan foiz stavkalarini oshirish fond bozorlaridagi kayfiyat va birjalardagi qimmatli qog‘ozlar bahosiga ta’sir qiladi.
Germaniyada barcha dollarli millionerlarning umumiy boyligi yil davomida 7,4 foizga o‘sib, 6,3 trillion dollarga yetdi (6 trillion yevro). Qimmatli qog‘ozlar narxining ko‘tarilishidan tashqari, bunga jamg‘armalarning ko‘payishi va ko‘chmas mulk bozoridagi o‘sish ta’sir ko‘rsatdi.
Germaniya federal banki (Bundesbank) ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil oxirida mamlakatdagi barcha xususiy uy xo‘jaliklarining umumiy boyligi 7,61 trillion yevroga yetgan. Hisob-kitobda naqd pul va depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, shuningdek sug‘urta mablag‘lari hisobga olindi, lekin ko‘chmas mulk hisoblanmadi.
Capgemini ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘pchilik dollarli millionerlar AQShda yashaydi: 7,46 million kishi. Ushbu reytingda ikkinchi o‘rinda 3,65 million dollarli millionerlar istiqomat qiluvchi Yaponiya joylashgan. Uchinchi o‘rindagi Germaniyadan keyingi o‘rinda 1,54 million dollarli millionerlar bilan Xitoy bormoqda.
Mavzuga oid
16:12
Dollarning rasmiy kursi ilk marta 12 900 so‘mdan oshdi
09:49 / 17.12.2024
Keyingi 3 yilda dollar kursi qanday bo‘ladi? – prognozlar
16:38 / 14.12.2024
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12 890 so‘mdan oshdi
19:16 / 12.12.2024