O‘zbekiston | 07:34 / 16.06.2022
4613
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga «inomarka»lar importi qariyb 2 baravarga oshdi

Yengil avtomobillar importi qariyb 2 baravarga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Reuters

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 320,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 13,6 mingta yengil avtomobil import qilgan. 

Qayd etilishicha, yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,9 mingtaga yoki qariyb 2 baravarga oshgan.

2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 22 ta xorijiy davlatdan yengil avtomobillar import qilgan. 5 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar: 

  • Xitoy – 6426 ta;
  • Koreya – 3491 ta;
  • Qozog‘iston – 2368 ta;
  • Rossiya – 927 ta;
  • AQSh – 122 ta;
  • BAA – 71 ta;
  • Yaponiya – 50 ta;
  • Germaniya – 37 ta.

Mavzuga oid