O‘zbekiston | 11:50 / 23.06.2022
10286
2 daqiqa o‘qiladi

Geografik obektlarga nom berishda mahalliy aholi fikri hisobga olinishi belgilanmoqda

Geografik obektlarga nom berish tartibi takomillashtirilmoqda

Foto: Kun.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan — “Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, qonun loyihasida aholi punktlari tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga) O‘zbekiston va jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar ismi-sharifini berish mexanizmlarini tartibga solish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, loyiha bilan geografik obektlarga nom berish va ular nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlashda mazkur geografik obekt joylashgan hududda yashovchi mahalliy aholi fikri hisobga olinishi belgilanmoqda.

Majlisda qonun loyihasini yanada takomillashtirish yuzasidan deputatlar tomonidan bir qator taklif va tavsiyalari bildirilib, birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Mavzuga oid