Jahon | 11:00 / 23.06.2022
7829
2 daqiqa o‘qiladi

Vena yashash uchun eng qulay shahar deb topildi

Avstriya poytaxti 2018 va 2019 yillardagi kabi yashash uchun eng qulay shaharlar reytingida uchinchi bor birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinda Daniya poytaxti Kopengagen, uchinchi o‘rinda Shveytsariyaning Tsyurix shahri joylashgan.

Foto: iStock

Britaniyaning The Economist jurnali tahliliy bo‘limi – Economist Intelligence Unit (EIU) tomonidan 23 iyun, payshanba kuni e’lon qilingan yillik reytingga ko‘ra, Avstriya poytaxti Vena uchinchi bor dunyoning yashash uchun eng qulay shahri deb topildi. Ilgari Vena 2018 va 2019 yillarda ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallagan edi. Venani juda jozibali qiladigan narsa - bu barqaror sharoitlar, yaxshi infratuzilma va sog‘liqni saqlash tizimi, shuningdek, ko‘plab madaniy muassasalar va dam olish imkoniyatlari.

EIU reytingiga ko‘ra, eng qulay shaharlar orasida ikkinchi o‘rinda Daniya poytaxti Kopengagen, uchinchi o‘rinda Shveytsariyaning Tsyurix shahri joylashgan. Yashash uchun eng qulay nemis shahri Frankfurt-Mayn bo‘lib, u yettinchi o‘rinda qayd etildi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli Kiyev bu yil tadqiqotga kiritilmadi. 

Avvalroq, 2021 yil dekabrida Isroilning Tel-Aviv megapolisi sayyoradagi 173 ta shaharda yashash narxini taqqoslagan EIU tadqiqoti natijalariga ko‘ra dunyodagi eng qimmat shahar deb tan olingan edi. Ushbu reytingda ikkinchi o‘rinni Parij va Singapur bo‘lishdi, uchinchi o‘rin yo‘q, Shveytsariyaning Tsyurix shahri esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi. 

Mavzuga oid