O‘zbekiston | 07:32 / 24.06.2022
8879
2 daqiqa o‘qiladi

Ma’muriy qamoqqa olinganlarni saqlash uchun maxsus kameralar tashkil etilishi mumkin

“O‘zbekiston ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Loyihaga ko‘ra, vaqtincha saqlash hibsxonalarida besh sutkagacha bo‘lgan muddatga ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus kameralar tashkil etilishi mumkin.

Besh sutkagacha bo‘lgan muddatga ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus kameralarda sud ajrimiga ko‘ra “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiq saqlanadi.

Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus kameralardan boshqa kameralarda saqlash, shuningdek maxsus kameralarga ushlab turilgan, qamoqqa olingan va boshqa shaxslarni joylashtirish taqiqlanadi.

Qayd etilishicha, maxsus kamera ichki ishlar organlari tizimidagi vaqtincha saqlash hibsxonalarida besh sutkagacha bo‘lgan muddatga ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun ajratilgan xonadir.

Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxonalarda saqlanadi.

Besh sutkagacha bo‘lgan muddatga ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalarida ushbu maqsadlar uchun moslashtirilgan maxsus kameralarda qonun talablariga muvofiq saqlashga yo‘l qo‘yiladi.

Maxsus kameralarda ma’muriy qamoqni o‘tashni tashkil etish vaqtincha saqlash hibsxonalari ma’muriyati va xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar qonun talablariga rioya etilgan holda maxsus qabulxonalarda umumiy kameralarga yoki bir kishilik kameralarga, vaqtincha saqlash hibsxonalarida esa maxsus kameralarga joylashtiriladi.

Vaqtincha saqlash hibsxonalarida ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus kameralardan boshqa kameralarda saqlash taqiqlanadi.

Mavzuga oid