Daraxt ko‘chatlari bo‘yicha ko‘rsatmalarni to‘liq bajarmagan 109 nafar mansabdor shaxsga 311 mln so‘m jarima qo‘llandi
Daraxt ko‘chati parvarishi bo‘yicha ko‘rsatma talablarini to‘liq bajarmagan 109 nafar mansabdor shaxsga 311 mln so‘m miqdorda jarima qo‘llanildi. Bu haqda AOKAda Ekologiya qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida 2021 yil kuz va joriy yil bahor mavsumida jami 213 mln dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi tashkil etildi.
Respublikadagi yirik, o‘rta va kichik mahallalarda jami 70 mln 800 ming dona hamda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari yoqalariga 72 mln 500 ming dona terak ko‘chat va qalamchalari ekildi.
Sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha 238 ta quduqlar qazilgan. Hududlarda ekilgan daraxt va butalarni sug‘orish, parvarish va muhofaza qilish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga biriktirilgan.
Barcha mas’ul tashkilotlarga daraxt ko‘chatlarini parvarishlash bo‘yicha 10 577 ta majburiy ko‘rsatmalar berilib, ko‘rsatma talablarini lozim darajada bajarmagan 109 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 311 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
Aholi yashash va boshqa hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi punktlarida “yashil bog‘lar”, daraxtzor va butazorlarni barpo etish, qayta tiklash va parvarish qilish ishlarini samarali amalga oshirish hamda sug‘orish tizimi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligi aytildi.
Avvalroq Hisob palatasi 2022 yil bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasida aslida ekilmagan 6,2 mln ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgani, 3,4 mln tup ko‘chat sug‘orish tizimi yo‘q joyga ekilganini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, 2,4 mln tup ko‘chat bahor tugamasdanoq qurib bitgan.
Mavzuga oid
15:10 / 13.12.2024
Onkologik kasalliklar davosi haqida reklama joylashtirgan MChJ jarimaga tortildi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
12:29 / 30.11.2024
Jamoat transportiga ajratilgan yo‘lakdan harakatlanish qoidalarini buzganlar uchun jarima joriy qilinmoqda
20:43 / 14.11.2024