Sport | 19:34 / 28.06.2022
13731
1 daqiqa o‘qiladi

Novak Jokovich “Katta dubulg‘a” turnirlarida g‘alaba qozonish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Jokovich Australian Open musobaqasida 82, «Rolan Garros»da 85 va US Open musobaqasida 81 marta g‘alabaga erishgan.

Foto: Julian Finney/Getty Images

Serbiyalik sportchi Novak Jokovich “Katta dubulg‘a” turkumidagi har bir turnirda kamida 80tadan g‘alaba qozongan birinchi tennischiga aylandi.

Jokovich yangi rekordni Uimbldon turnirining birinchi turida janubiy koreyalik Kvon Sun Vuni yengib, 80-g‘alabasiga erishganidan so‘ng qayd etdi. Uchrashuv 6:3, 3:6, 6:3, 6:4 hisobida yakunlandi.

U erishilgan natija bilan to‘xtab qolmasligini aytdi.

«Endi 100talikka yetamiz», - dedi Jokovich.

Novak Jokovich Uimbldon turnirida olti marta g‘alaba qozongan va turnirning amaldagi chempioni hisoblanadi.

Sportchi shuningdek, Australian Open musobaqasida 82, «Rolan Garros»da 85 va US Open musobaqasida 81 marta g‘alabaga erishgan.

Uimbldon 27 iyundan 10 iyulgacha davom etadi – u “Katta dubulg‘a” turnirining uchinchi musobaqasi hisoblanadi. 29 avgustdan 11 sentabrgacha bo‘lib o‘tadigan US Open turniri turkumning yakuniy musobaqasi bo‘ladi.

Mavzuga oid