«Yangi O'zbekiston ko'chasi» ishbilarmonlik markazi tashkil etilmoqda - Prezident qarori
Prezident “Yangi O‘zbekiston ko‘chasi yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Quyidagilar:
- Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi va Transport vazirligining Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan bosh rejaga muvofiq "Yangi O'zbekiston ko'chasi" ishbilarmonlik markazini tashkil etish hamda uning hududida xizmat ko‘rsatish va servis obektlari, savdo va ko‘ngilochar majmualar, sayilgohlar hamda ko‘p qavatli turar joylarni barpo etish;
- Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligining “Yangi O'zbekiston ko'chasi" ishbilarmonlik markazini tashkil etish uchun Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hamda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan ilovaga muvofiq, tanlangan jami 241,93 gektar, shundan 198,12 gektar sug‘oriladigan yer maydoni yer fondi toifasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan aholi punktlari shahar va posyolkalar qurilishi yerlari toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
Toshkent shahar hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan Avtomobil yo‘li bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish direksiyasi" "Yangi O'zbekiston ko'chasi" ishbilarmonlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi" deb qayta nomlanadi.
Toshkent shahar hokimligi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda "Yangi O'zbekiston ko'chasi" ishbilarmonlik markazi hududida barpo etiladigan loyiha obektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yangi podstansiya qurish uchun “Toshkent shahar elektr tarmoqlari" AJga (ko‘paytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llamagan holda ijara to‘lovi eng kam stavkasida) ijaraga berish sharti bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga doimiy foydalanish huquqi asosida zarur yer uchastkasini ajratish masalasini Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlari yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha hukumat komissiyasi muhokamasiga kiritadi.
Toshkent shahar hokimligi Ekologiya qo‘mitasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda loyiha obektlari qurilishi mo‘ljallangan hududdagi mavjud ko‘p yillik daraxtlarga shikast yetkazmasdan boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazadi hamda ularni kelgusida saqlab qolish uchun zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshiradi va parvarishlash choralarini ko‘radi.
Mavzuga oid
14:11 / 07.12.2024
Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Cobalt yo‘l chetidagi temir ustunga borib urildi
12:00 / 08.11.2024
Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Tracker-2 yonib ketdi
20:47 / 10.09.2024
Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi
11:41 / 02.09.2024