O‘zbekiston | 15:28 / 04.07.2022
5339
1 daqiqa o‘qiladi

ShHT Mintaqaviy antiterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi Qoraqalpog‘istondagi voqealarga munosabat bildirdi

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti  Mintaqaviy antiterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan tartibsizliklar bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.

«Shanxay Hamkorlik Tashkiloti  Mintaqaviy antiterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi joriy yilning 1 iyulida sodir bo‘lgan konstitutsiyaga zid harakatlar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarni qoralaydi hamda barqarorlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni saqlash tarafdori ekanini ma’lum qiladi.

ShHT MAT ijroiya qo‘mitasi Qoraqalpog‘istonda huquq-tartibotni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, millatlararo totuvlik va ko‘pmillatli O‘zbekistonning barcha xalqlari tinch-totuv yashashi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini bildiradi» – deyiladi bayonotda.

Mavzuga oid