O‘zbekiston | 13:17 / 06.07.2022
6072
1 daqiqa o‘qiladi

Bektemirda bir necha XUJMSh aholidan yig‘ilgan 275 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: AP

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, Toshkent shahrining Bektemir tumanida aholidan yig‘ilgan badal pullarini o‘zlashtirgan shirkat rahbarlari aniqlangan.

Tergovga qadar tekshiruv vaqtida “I.L.”, “U.S.” va “E-S.” nomli xususiy uy-joylar mulkdorlari shirkati rahbarlari va boshqalar aholidan yig‘ilgan jami 275,3 mln so‘m majburiy badal to‘lovlarini kirim qilmagani ma’lum bo‘lgan. Badal to‘lovlari sifatida yig‘ib olingan mablag‘ o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi rasmiy xabarda.

Mavzuga oid