«Paxtakor» Slavche Voyneskini iste’foga chiqardi
Superliga 1-davrasi yakuniga yetgach, «Paxtakor» klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuzaga keldi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, yarim yillik faoliyatidan keyin jamoa ustozi Slavche Voyneski iste’foga chiqarilgan. Uning o‘rnini kim egallashi tez orada e’lon qilinishi aytilgan.
«Shimoliy makedoniyalik mutaxassis bilan «Paxtakor» o‘rtasidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilindi. Klub va murabbiy o‘rtasidagi bitim ikki tomon kelishuviga ko‘ra, bekor qilinishiga kelishib olindi.
Yangi bosh murabbiy nomi tez kunlarda ma’lum qilinadi. Biz Voyneskiga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, uning keyingi ishlariga omad tilaymiz!», - deyiladi klub xabarida.
Ma’lumot uchun, «Paxtakor» Voyneski murabbiyligida joriy mavsum OChLda guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmadi. Superligada esa 12 o‘yindan keyin 23 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Avvalroq, klub sport direktori Ja’far Irismetov hamda texnik direktor Sobir Hodiyev jamoa bilan xayrlashgan edi. Ularning o‘rniga Maksim Shatskix ish boshlagandi.
Mavzuga oid
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
14:19 / 28.11.2024
Erkinjon Turdimov ishdan ketdi
18:13 / 21.11.2024