«Torpedo» Hojimat Erkinov transferini e’lon qildi
«Paxtakor» klubi bilan xayrlashgan Hojimat Erkinov faoliyatini Rossiya Premer-ligasida davom ettiradi.
Moskva klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, O‘zbekiston olimpiya va milliy jamoasining 21 yoshli vingeri bilan 3 yillik shartnoma imzolangan. Transfer summasi haqida ma’lum qilinmagan.
Erkinov hozirgi kunga qadar «Paxtakor», «Qo‘qon-1912» va OKMK klublarida to‘p surgan.
Avvalroq, «Paxtakor» yarimhimoyachisi Superliga 1-davrasidan keyin jamoa bilan xayrlashganini Instagram'dagi sahifasi orqali ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha «Paxtakor» Sardor Rashidovni Qatar klubiga transfer qilgan, bolgariyalik himoyachisi Kamen Xadjiyev bilan xayrlashgan edi.
Ma’lumot uchun, Aleksandr Borodyuk murabbiyligidagi «Torpedo» klubi o‘tgan mavsum Rossiya quyi ligasi FNLda ishtirok etib, 1-o‘rin bilan Rossiya Premer-ligasiga yo‘llanma oldi. Moskva klubi «Spartak» a’zosi Oston O‘runovga ham qiziqish bildirmoqda.
Mavzuga oid
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
18:13 / 21.11.2024
Shatskix «Paxtakor»dagi vazifasiga qaytgach, Tojiyev, Cheran, Sobirxo‘jayev qaydnomaga ham kiritilmadi
13:50 / 02.11.2024