O‘zbekiston | 14:06 / 12.07.2022
13425
2 daqiqa o‘qiladi

Aziz Abduhakimov Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi

Bosh vazir o‘rinbosari - turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida bo‘lib, mamlakat sobiq bosh vaziri Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda vazirlik ma’lum qildi.

Sindzo Abe Yaponiya tarixida bosh vazir lavozimida eng uzoq muddat faoliyat yuritgan va mamlakat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan siyosiy arbob bo‘lgan. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkam poydevorga ega bo‘lishda ham uning xizmatlari katta. 
 
67 yoshida suiqasd qurboni bo‘lib, vafot etgan Sindzo Abening vafoti munosabati bilan butun dunyodan hamdardlik bildirilmoqda.

8 iyul kuni Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abega suiqasd uyushtirildi. Hujumdan keyin u koma holatiga tushdi va hushiga kelmasdan shifoxonada vafot etdi.

Politsiya suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchining qo‘lga olingani haqida xabar berdi. U Nara shahrida yashovchi 41 yoshli sobiq harbiy bo‘lib chiqdi. Voqea joyida unga tegishli qurol topilgan. Gumonlanuvchi Abening olib borgan siyosatidan norozi ekanini aytgan.

Sindzo Abe 2006-2007 va 2012-2020 yillarda Yaponiya bosh vaziri lavozimida ishlagan edi.

Mavzuga oid