O‘zbekiston | 20:53 / 15.07.2022
23537
1 daqiqa o‘qiladi

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddati uzaytirildi

Davlat oliygohlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza topshirish jarayoni 27 iyul kuni oxirigacha uzaytirildi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat yo‘nalishlariga 17 iyul so‘ngiga qadar onlayn hujjat topshirish mumkin.

Foto: Getty Images

Vazirlar Mahkamasining 13 iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq, 2022/23 o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi.

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, bu yil arizalar qabuli 27 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17 iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Mavzuga oid