Sport | 21:00 / 15.07.2022
17819
2 daqiqa o‘qiladi

Maksim Shatskix - «Paxtakor» bosh murabbiyi

Foto: Paxtakor

«Paxtakor» sport direktori vazifasini bajarib kelayotgan Maksim Shatskixni bosh murabbiy etib tayinladi.

«Dinamo» K va «Rotor» jamoalarida murabbiy sifatida ishlagan 43 yoshli mutaxassis  Toshkent klubi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi. 

Eslatib o‘tamiz, sobiq hujumchi futbolchilik faoliyatining asosiy qismini Kiyevning «Dinamo»sida o‘tkazgan. Maks O‘zbekiston milliy jamoasining eng yaxshi to‘purari sanaladi — 34.

Shuningdek, klubga jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida ukrainalik Vitaliy Shpanyuk taklif etildi. 51 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Ukrainaning «Kremen», «Arsenal», «Slavutich», «Karpati», «Lvov», «Vorskla» va LNZ, Rossiyaning «Anji», «Rotor», Gruziyaning «Dinamo» Tbilisi klublarida faoliyat yuritgan. 3,5 yil davomida Ukraina milliy jamoasida ham ishlagan.

Shatskixga yordamchi sifatida Vyacheslav Belyayev ishlaydi. U Ukrainaning «Tavriya», «Metallist», Gruziyaning «Dinamo» (Tbilisi) va Rossiyaning «Rotor» klublarida faoliyat yuritgan. 

Mahalliy mutaxassislardan Denis Ivankov (darvozabonlar murabbiyi), Kamoliddin Tojiyev (yordamchi) va Yuriy Siyanov (jismoniy tayyorgarlik) bosh murabbiyga yordam berishda davom etishadi.

Mavzuga oid