Jarima to‘lamagan haydovchilarni aniqlashning yangi tizimi 1 dekabrdan boshlab ikkita postda ishlaydi
Joriy yil 7 iyul kunidan boshlab Toshkent viloyati hududida joylashgan «Chinor» yo‘l-patrul xizmati statsionar postida «yashil» va «qizil» yo‘lak tamoyili asosida avtotransport vositalari harakatlanishini tartibga solish va nazorat qilish tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, «yashil» va «Qizil» yo‘lak tamoyili 2022 yil 1 dekabrdan boshlab Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» va Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan «Namangan» yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida joriy etiladi.
Transport vositalari harakati foto va video qayd etish qurilmalari orqali qayd qilinib, haydovchilarga yorug‘lik diodli ekran orqali ishora berish yo‘li bilan tartibga solinadi.
Ekranda aks ettirilmagan yoki «yashil» yo‘lak bo‘ylab harakatlanish haqida ishora berilgan transportlar «yashil» yo‘lak bo‘ylab to‘siqsiz harakatlanadi.
«Qizil» yo‘lakdan harakatlanishi buyurilgan transport vositalari bo‘yicha harakat qatnashchilari hujjatlari elektron ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda tekshiriladi. Aniqlangan qarzdorliklar bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, ular harakatini davom ettirishiga ruxsat beriladi.
Qarzdorlik to‘lanmagan hollarda transport vositalari maxsus to‘xtash joylariga joylashtiriladi. Qarzdorlik aniqlangan transportlarga bir nechta hollarda, qarzdorlikka asos bo‘lgan qoidabuzarlik yuzasidan sudga murojaat qilinganda yoki ish sudda ko‘rilayotganda harakatni davom ettirishga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
15:10 / 13.12.2024
Onkologik kasalliklar davosi haqida reklama joylashtirgan MChJ jarimaga tortildi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
12:29 / 30.11.2024
Jamoat transportiga ajratilgan yo‘lakdan harakatlanish qoidalarini buzganlar uchun jarima joriy qilinmoqda
20:43 / 14.11.2024