O‘zbekiston | 07:39 / 23.07.2022
4377
2 daqiqa o‘qiladi

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1 milliondan oshdi

2022-2023 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 007 313 nafarni tashkil etmoqda.

Shundan, 374 319 nafari — joriy yil bitiruvchilari, 632 994 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari. 

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan): kunduzgi ta’lim shakli — 544 922 nafar; sirtqi ta’lim shakli — 433 510 nafar; kechki ta’lim shakli — 22 776 nafar; masofaviy ta’lim shakli — 6 105 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

  • Qashqadaryo viloyati — 115 484 nafar;
  • Samarqand viloyati — 111 898 nafar;
  • Toshkent viloyati — 97 586 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 91 766 nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 85 793 nafar;
  • Andijon viloyati — 66 517 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 64 987 nafar;
  • Namangan viloyati — 63 449 nafar;
  • Jizzax viloyati — 59 325 nafar;
  • Toshkent shahri — 58 562 nafar;
  • Buxoro viloyati — 57 487 nafar;
  • Xorazm viloyati — 53 328 nafar;
  • Navoiy viloyati — 44 565 nafar;
  • Sirdaryo viloyati — 36 566 nafar.

Mavzuga oid