O‘zbekiston | 10:55 / 23.07.2022
14382
2 daqiqa o‘qiladi

«Yoshlar daftari»ga kiritilganlarga qanday yordam turlari ko‘rsatilishi ma’lum bo‘ldi

“Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga ayrim yordam turlari ko‘rsatiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lumot berdi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga quyidagi yordam turlari ko‘rsatiladi:

moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam (1,2 mln so‘mgacha) beriladi;

yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi (bir oygacha BHM 4, bir oydan ikki oygacha BHM 8, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun BHM 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi) qoplab beriladi;

tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlarga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq 7,5 mln so‘mgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi;

respublikadagi professional ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan, shuningdek, O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlari bir qismi qoplab beriladi;

yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining 3 oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun 15 mln so‘mgacha miqdorda qoplab beriladi.

Mavzuga oid