O‘zbekiston | 19:16 / 25.07.2022
18428
2 daqiqa o‘qiladi

“Hisor” davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi

Turkiston silovsini O‘zbekiston Qizil kitobi va xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, qo‘mita tasarrufidagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasi G‘ilon bo‘limi qo‘riqlash xodimlari tomonidan o‘rnatilgan yashirin fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlangan.

Ma’lumot uchun, Turkiston silovsini O‘zbekiston Qizil kitobi va xalqaro Qizil kitobga kiritilgan bo‘lib, hozirgi kunda noyob tur hisoblanadi. Turkiston silovsini asosan G‘arbiy Tyan-Shan tog‘larining Ugom, Piskom, Chotqol va Pomir-Oloy tog‘larining Turkiston, Hisor, Ko‘hitang tog‘ tizmalarining baland qismida yashaydi.

Turkiston silovsini O‘zbekistondan tashqari Markaziy Osiyo mamlakatlari, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, G‘arbiy Xitoy, Afg‘oniston, Pokiston, Shimoliy Hindistonda uchrashi aniqlangan.

Qayd etilishicha, Turkiston silovsini Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan doimiy muhofazaga olingan.

Avvalroq, “Hisor” davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga noyob qor qoplonlari va noyob qizil sug‘urlar muhrlangan edi.

Mavzuga oid