O‘zbekiston | 10:02 / 25.07.2022
5168
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda ko‘p miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop moddalarni sotayotgan shaxslar ushlandi

Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Samarqand viloyati IIB

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat IIB JQB hamda prokuratura departamentining viloyat boshqarmasi hamkorligida “Jo‘ysoy” MFYda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani “X.Olimjon” MFYda yashovchi shaxs Samarqand shahrida vaqtincha yashayotgan Moldova Respublikasi fuqarosiga “MIDEX” (tropikamid) nomli kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Samarqand shahar “Namozgoh” MFYda joylashgan dorixonada voyaga yetmagan shaxs fuqarolardan biriga 28 dona “Galara” nomli va 5 (besh) yelim ampuladagi “MIDEX” (tropikamid) nomli kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ushbu dorixonani ko‘zdan kechirish davomida MChJ rahbari, 1998 yilda tug‘ilgan, Nurobod tumani Olga qishlog‘ida yashovchi shaxsga tegishli bo‘lgan 6 698 dona “Gallara” nomli, 87 dona “MIDEX” (tropikamid) nomli va 150 “MYDRIMAX” (tropikamid) nomli dori vositalari kelgusida sotish maqsadida saqlanib kelinayotganligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid