O‘zbekiston | 11:02 / 27.07.2022
5303
2 daqiqa o‘qiladi

6 oyda qaysi hududlarda eng ko‘p ajrashish qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

6 oyda 24 572 ta nikohdan ajrashish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha 24 572 ta nikohdan ajrashish holati qayd etilgan bo‘lib, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajrashish soni – 1,4 promilleni tashkil etgan. 

Hududlar kesimida nikohdan ajrashishlar soni bo‘yicha eng ko‘p Toshkent shahri (2950 ta) va Samarqand viloyatida (2569 ta) qayd etilgan bo‘lsa, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajrashish soni bo‘yicha Toshkent shahri (2,1 promille) va Sirdaryo viloyati (2,0 promille) eng yuqori ekani kuzatildi.

Hududlar kesimida nikohdan ajrashish holatlari soni:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 1056 ta;  
  • Andijon viloyati – 2532 ta; 
  • Buxoro viloyati – 1405 ta;
  • Jizzax viloyati – 827 ta;  
  • Qashqadaryo viloyati – 2006 ta;
  • Navoiy viloyati – 720 ta;  
  • Namangan viloyati – 2183 ta;  
  • Samarqand viloyati – 2569 ta; 
  • Surxondaryo viloyati – 1348 ta; 
  • Sirdaryo viloyati – 888 ta;
  • Toshkent viloyati – 2535 ta; 
  • Farg‘ona viloyati – 2527 ta;  
  • Xorazm viloyati – 1026 ta; 
  • Toshkent shahri – 2950 ta.

Mavzuga oid