O‘zbekiston | 17:45 / 28.07.2022
8333
1 daqiqa o‘qiladi
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida Mobil-ID tizimi joriy etilmoqda
Aholining davlat xizmatlaridan foydalanishini osonlashtirish maqsadida bugungi kunda shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi ishlab chiqilmoqda.
Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tizim fuqarolarga elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratadi.
Masalan, hozirda 3,1 milliondan ortiq faol elektron imzo mavjud bo‘lib, ularning amal qilish muddati 2 yilni tashkil etadi.
Mobil-ID tizimi esa, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanayotgan 24 million aholi uchun alohida flesh-kartani olib yurmasdan xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.
Mavzuga oid
14:02 / 03.08.2022
Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish to‘liq ishga tushdi
17:43 / 28.07.2022
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 6 oyda 72 717 ta qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilgan
10:58 / 27.07.2022
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun mobil-ID tizimi joriy etiladi
17:51 / 07.07.2022