O‘zbekiston | 11:00 / 28.07.2022
9943
2 daqiqa o‘qiladi
Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1,2 milliondan oshdi
2022-2023 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot taqdim etildi.
2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.
Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi. Shundan, 395 023 nafari — joriy yil bitiruvchilari, 819 209 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.
Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
- kunduzgi ta’lim shakli — 612 530 nafar;
- sirtqi ta’lim shakli — 565 902 nafar;
- kechki ta’lim shakli — 27 417 nafar;
- masofaviy ta’lim shakli — 8 383 nafar.
Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:
- Qashqadaryo viloyati — 140 797 nafar;
- Samarqand viloyati — 133 610 nafar;
- Toshkent viloyati — 116 251 nafar;
- Farg‘ona viloyati — 109 938 nafar;
- Surxondaryo viloyati — 106 145 nafar;
- Andijon viloyati — 79 235 nafar;
- Namangan viloyati — 77 607 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 75 819 nafar;
- Jizzax viloyati — 74 346 nafar;
- Toshkent shahri — 68 545 nafar;
- Buxoro viloyati — 67 663 nafar;
- Xorazm viloyati — 64 351 nafar;
- Navoiy viloyati — 54 512 nafar;
- Sirdaryo viloyati — 45 413 nafar.
Mavzuga oid
13:03 / 27.07.2024
Ta’lim shakllari, tillar, OTM va yo‘nalishlar bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi
21:37 / 20.07.2024
2024/2025 o‘quv yili uchun bakalavrlar va magistrlar tayyorlash parametrlari belgilandi
13:41 / 05.06.2024
Abituriyentlar uchun qabul boshlandi – bu safar faqat OTMga emas, kollej, texnikumlarga ham
10:23 / 25.05.2024