Bloomberg Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirish g‘oyasi muallifi kimligini ma’lum qildi
Vladimir Putin 1 apreldan «nodo‘st» mamlakatlar bilan Rossiya gazi uchun hisob-kitobni rublda olib borish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.
Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirish g‘oyasi Rossiya prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Maksim Oreshkinga tegishli, deb xabar berdi Bloomberg o‘z manbalariga tayanib.
«Gaz uchun rublda to‘lov» sxemasidan foydalanish samarasini ijobiy deb hisoblayman», — dedi Oreshkin Bloomberg agentligiga intervyusida.
U shu bilan birga, yangi mexanizmni ishlab chiqishdagi o‘z roliga izoh berishni istamadi.
Vladimir Putin 1 apreldan «nodo‘st» mamlakatlar bilan Rossiya gazi uchun hisob-kitobni rublda olib borish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Hujjatga ko‘ra, agar «nodo‘st» mamlakat to‘lovni rublda amalga oshirishni istamasa, unga gaz berish to‘xtatiladi.
Bloomberg agentligining qayd etishicha, ushbu sxema Rossiya iqtisodiyotining G‘arb sanksiyalaridan jiddiy zarar ko‘rishining oldini olishga yordam berdi. Mart oyida tarixiy minimumga tushib ketgan rubl iyunda 2015 yildagi darajada mustahkamlandi.
Ta’kidlanishicha, Oreshkin shuningdek, Rossiya banklarining SWIFT tizimidan uzib qo‘yilishi oqibatlariga qarshi reja ishlab chiqishda ham yordam bergan va iqtisodiyotda davlat nazoratining kuchayishiga qarshi chiqqan.
«Rossiya bozor iqtisodiyotidan voz kechmoqchi emas», — degan u Bloomberg agentligiga bergan intervyusida.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
07:40 / 21.12.2024