O‘zbekiston | 11:14 / 01.08.2022
7126
1 daqiqa o‘qiladi

Iste’mol narxi indeksi o‘sish darajasi yillik hisobda 12,3 foizga yetdi

Iyul oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,1 foizga pasaygan.

Foto: Shutterstock

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning iyul oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,1 foizga pasaygan. 

Qo‘mita e’lon qilgan xabarda aytilishicha, yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksining o‘sish darajasi 12,3 foizga yetdi. 

2022 yilning iyul oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni nooziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 0,9 foizga oshdi.

Qayd etilishicha, shu davrda aholiga pulli xizmatlar 0,3 foizga oshdi.

2022 yilning iyul oyida o‘tgan oyga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari 1 foizga arzonlashgan.

Mavzuga oid