Sport | 22:04 / 01.08.2022
33235
1 daqiqa o‘qiladi

Laylo Hasanova Jahon chempionatidagi eng yaxshi taekvondochi qiz deb tan olindi

Taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston 10 ta medal qo‘lga kiritdi. Oltin medal sohibasi Laylo Hasanova musobaqaning eng yaxshi qiz taekvondochisi deb topildi.

Foto: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi

Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakuniga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Musobaqada o‘zbekistonlik Laylo Hasanova barcha raqibalarini mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi. Musobaqa tashkilotchilari aynan Hasanovani “Eng yaxshi qiz taekvondochi” deb topishdi.

Chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi 16 nafar taekvondochi bilan ishtirok etdi va ulardan 10 nafari sovrindor bo‘ldi:

Oltin – Laylo Hasanova

Kumush – Dilmurod Ma’rufjonov

Bronza: Sofiya Xan, Ahadjon Muxtorov, Javohir Hidoyatov, Nigora A’zamjonova, Omina Ergasheva, Rozalina Tolibjanova, Ominaxon Kamolova, Mubina Bobosaidova.

Taekvondo WT assotsiatsiyasi taqdim etgan suratlar:

Mavzuga oid