O‘zbekiston | 12:10 / 02.08.2022
4626
1 daqiqa o‘qiladi

50 yoshdan oshganlar o‘rtasida eng ko‘p nikoh holati Toshkentda qayd etildi

2022 yilning 7 oyi davomida nechta nikoh qayd etilgani ma’lum qilindi.

Foto: Norma.uz

2022 yilning 7 oyi davomida FHDYo organlari tomonidan respublika bo‘yicha 133 381 ta nikohlar qayd etilgan.

“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanali xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10 279 taga kam.

Shu jumladan, er va xotin 30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida - 107 248 ta, er va xotin 50 yoshdan oshganlar o‘rtasida - 900 ta nikoh holati kuzatildi.

Hududlar kesimida vaziyat quyidagicha:

30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Samarqand viloyati eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi;

50 yoshdan oshganlar o‘rtasida Toshkent shahar eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Mavzuga oid