Nikohlanuvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng nikohni rasmiylashtirish tartibini belgilash ko‘zda tutilmoqda
2022 yil 2 avgust kuni Senat Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Senat navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinishi nazarda tutilgan masalalar ko‘rib chiqildi.
“Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 206-1-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonunlar, Yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlar mehnat huquqlarini himoya qilish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari shular jumlasidan.
“Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, nikohni qayd etish bir oylik muddati va uni qisqartirish uchun asos bo‘luvchi holatlar bekor qilinmoqda. Nikohlanuvchi shaxslar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng nikohni rasmiylashtirish tartibini belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 206-1-moddasiga o‘zgartish kiritish orqali tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik uchun belgilangan jazo kuchaytirilmoqda.
Majlisda yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlar mehnat huquqlarini himoya qilish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ham ko‘rib chiqildi.
Majlisda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha qo‘mita tegishli qarorlari qabul qilindi.
Mavzuga oid
17:14
Qamoqqa olingan shaxs uchun majburiy tibbiy ko‘rik joriy etilishi mumkin
19:03 / 22.11.2024
"16 yoshli" ayolning 1 yashar egizak farzandi. Erta nikohni targ‘ib qilganlar ogohlantirildi
17:32 / 07.11.2024
Xitoyda yangi oila qurish holatlari rekord darajada kamayib ketdi
14:09 / 02.11.2024