Ombudsman fuqarolar o‘rtasidagi nizolarga oid xabarlar ko‘payib borayotganidan xavotir bildirdi
Ombudsman fuqarolar o‘rtasidagi nizolarga oid xabarlarning ko‘payib borayotganidan xavotirda. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar o‘rtasida o‘zaro janjallashish, bir-birini haqorat qilish, qo‘l ko‘tarish va bir-biriga tan jarohati yetkazish kabi holatlar aks etgan videoxabarlar tarqalib bormoqda.
“Ayniqsa, Samarqand tumanida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida ayollar farzandi ko‘z oldida erkaklar tomonidan do‘pposlanishi tasviri ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi”, deyiladi ma’lumotda.
Ombudsman axborot xizmati materialida ta’kidlanishicha, o‘sib kelayotgan yosh avlod bu kabi o‘zaro hurmatsizlik, bir-birini obro‘sizlantirish, urush-janjal, o‘zgalar mulkiga zarar yetkazish kabi holatlarni ko‘rib tarbiya olmasligi zarur.
Ombudsman fuqarolar o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lmasa-da, bunday mazmundagi xabarlarning ko‘payib borayotganidan xavotirda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:11 / 06.12.2024
Ombudsmanga ruhiy, jismoniy bosim yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushdi
20:16 / 26.11.2024
Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlar jazoni o‘tashdan ozod qilindi
14:09 / 31.08.2024
Ozodlikdan mahrum etish joylarida “Ombudsman qutilari” o‘rnatiladi
11:43 / 24.08.2024