Sport | 07:28 / 06.08.2022
10041
1 daqiqa o‘qiladi

Marjona Xudoyqulova taekvondo bo‘yicha jahon vitse-chempioniga aylandi

Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 

Foto: O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi

O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, musobaqa uchinchi kunida -52 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Marjona Xudoyqulova sovrindor bo‘ldi

Qayd etilishicha, finalga qadar barcha raqibalarini taslim qilgan Marjonaga hal qiluvchi bahsda biroz omad yetishmadi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa birinchi kuni o‘zbekistonlik Gulshan Ismoilova bronza medaliga ega chiqqan edi.

O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati 7 avgustga qadar davom etadi. 

Mavzuga oid