Sport | 20:37 / 09.08.2022
13198
1 daqiqa o‘qiladi

Serena Uilyams tennis bilan xayrlashdi

Serena Uilyams - to‘rt karra olimpiya chempioni, “Katta dubulg‘a” turkumidagi turnirlarning 23 marta g‘olibi.

Foto: AP

Amerikalik tennischi Serena Uilyams sport bilan xayrlashdi va faoliyatini tugatishini ma’lum qildi. Uning xati Vogue jurnalida e’lon qilindi.

«Tennisdan ketish vaqtim kelganini tan olish men uchun og‘ir bo‘ldi. Bu men uchun go‘yoki taqiqdek edi. Bu haqda o‘ylashni boshlashim bilan ko‘zlarimga yosh keldi», — deb yozdi 40 yoshli Uilyams.

«Aynan men tufayli sportdagi ayollar o‘zlarini ko‘rsata olishlarini anglashdi deb o‘ylagim keladi», — deya fikr bildirdi tennischi.

Uilyams US Open turniridan so‘ng sportni uzil-kesil tark etishini ta’kidladi. Turnir 29 avgustdan 11 sentabrgacha bo‘lib o‘tadi.

Serena Uilyams — to‘rt karra olimpiya chempioni. U 23 marta “Katta dubulg‘a” turkumidagi turnirlarning g‘olibi hisoblanadi.

Mavzuga oid