O‘zbekiston | 13:51 / 12.08.2022
6927
2 daqiqa o‘qiladi

DTM So‘xdagi abituriyentlar test natijalari 1 kunda e’lon qilinmayotganiga izoh berdi

Abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga e’lon qilinadi.

Foto: Kun.uz

Davlat komissiyasi 2-son bayonida Farg‘ona viloyati So‘x tumanida o‘tkazilgan test sinovi natijalarini bir kunda e’lon qilmaslikka istisno tariqasida ruxsat berilgan.

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, So‘x tumani O‘zbekiston anklav hududi hisoblanadi, u yerda o‘tkazilgan test sinovi materiallarini Qirg‘iziston hududidan olib o‘tish lozim va test materiallarini har kuni Toshkent shahriga yetkazish imkoni mavjud emas.

Bildirilishicha, shu sababli So‘x tumanida ishtirok etgan abituriyentlar test natijalari 1 kunda e’lon qilinmayapti.

Hozirga qadar So‘x tumanida 8-9 avgust kunlari va 10 avgust kuni 1-smenada o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilingan bo‘lib, keyingi kunlar natijalari test materiallari Davlat test markaziga yetib kelishi bilan e’lon qilinadi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 12 avgust kuni 1-smenada So‘x tumanida test sinovlari to‘liq yakunlandi.

Mavzuga oid